đź”° Amerikalik mashhur yozuvchilardan biri Ernest Heminguey : “Badiiy asarning yozilgan qismidan yozilmagani muhimroq “, – degan edi. “ TIQXMMI”MTU huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabning “Men –ijodkor o’quvchiman” shiori ostida o’tkazilgan tanlovda 7-“V” sinf o’quvchisi 🪸 Toshtemirova Aslzoda Murodulla qizi 7-sinf o’quvchilari orasida o’zining ijodkorlik qobiliyatini, yuksak salohiyatini namoyon qila oldi. Aslzoda âś… Shodiqul Hamroning “Hovlidagi daraxt” hikoyasini o’qib, hikoyaning davomini yozdi.

Ushbu hikoyaning davomini e’tiboringizga havola qilamiz👇, umid qilamizki qizalog`imiz qalamiga mansub ushbu hikoyaning davomi hech kimni befarq qoldirmaydi.

«Hovlidagi daraxt”

Ushbu hodisadan keyin biz daraxtni juda ham qattiq qo’riqlay boshladik.U bir hafta deganda asta-sekin o’ziga kela boshlagan edi. Roppa-rossa ikki haftadan keyin u gullab-yashnay boshladi.Barchamiz xursand edik,ammo otam na xursand bo’lishni,va na xafa bo’lishni bilar edi.Chunki daraxtimizga kim dori sepganini hech kim bilmas edi-da…Lekin men negadir bu ishni muhojir qildi deb o’ylardim. Otam bilan urushgandan so’ng , chiqib ketishdan oldin daraxtga ayyorona qaragani ko’z o’ngimdan hech ketmas edi. Otamga bu haqida aytsam: ”Bilmay turib birovni ayblab bo’lmaydi ,o’g’lim. Bu ishni qilgan vaxshiy hali jazosini oladi”, – der edilar.
Yoz kirib keldi.Jazirama issiq ta’til kunlari ham boshlandi.Lekin negadir mening ko’nglim g’ash edi.Nega ekanligini o’zim ham bilmas edim…
Bir kuni odatdagidek oilaviy nonushta qilib o’tirganimizda darvozamizni kimdir qattiq taqillata boshladi. Otam asta-sekin borib darvozani ochdilar. Hovlimizga Muhojir bostirib kirdi.Uning ahvoliga qarab bo’lmas edi.Uning sochlari to’kilgan,ko’zlari qizarib,shishib ketgan edi.egnidagi kiyimi esa juda ham kir edi.Ammo men uchun eng g’alati tuyulgan narsa bu-Muhojirdan daraxt tagidan topilgan dorining hidi kelib turishi edi.
Muhojir ozgina bizga g’alati qarab turdi-da,shartta tiz cho’kib xitob qila boshladi:
-Kechiring meni!Iltimos kechiringlar!Barchangiz kechiring!Qilgan ishimdan afsusdaman!Meni xudoning o’zi jazoladi…
-Voy,nima deganingiz bu ,Muhojir?Tinchlikmi o’zi? Nima bo’ldi? -deya so’radi otam

  • Eeee…Meni Xudoning o’zi jazoladi…
    Otam va onam Muhojirni bir amallab supaga o’tirg’izishdi.Muhojir sekin gap boshladi:
    -Esingizdami,men sizdan daraxtingizdan payvand so’rab kelgan edim?
    -Xa,o’shanda men sizga “yo’q” deb javob bergan edim.Siz esa jahl qilib hovlidan chiqib ketgan edingiz.
    -To’g’ri,o’shanda ahmoq bo’lgan ekanman.Jahl ustida o’zimcha sizdan o’ch olmoqchi bo’ldim.Payt poylab, darvozangiz ochiq qolganida hovlingizga kirib,daraxtga dori sepib ketdim.Bu dunyo-qaytar dunyo.Bir hafta o’tar-o’tmas o’zim ham zaharlanib qoldim.Uni-buni qo’ying,o’sha ishimdan buyon tushimga har kuni bir qari chol kiradi.U hovlingizdagi daraxt yoniga kelib,”sen unga ozor berding,endi o’zing ham xor-zor bo’lasan”,- deya baqiradi.Uyqumda halovat yo’q.Mana ikki hafta oldin ishdan ham bo’shatib yuborishdi.Ustiga-ustak umrimda o’ynamagan qimorga qiziqib,kecha uyimni ham yutqazib qo’ydim.Endi yashashdan nima foyda? Hech vaqom qolmadi.
    -Yomon bo’libdi.Agar bizning yordamimizga ehtiyoj sezsangiz,bemalol tortinmay so’rang, -dedi onam
    -Oldingi sovuqchilikni esa unuting, – deb yupatdi otam
    Muhojir yoshga to’lib ketgan ko’zlarini ota-onamga tikdi.
    -Menga hech qanday yordam kerak emas.Faqat meni kechirsangiz bas,zora shunda ishlarim yurishib ketsa.
    -Biz sizdan umuman xafa emasmiz.
    -Men sizga shuncha yomonlik qildim,ozor yetkazdim.Sizlar esa mening barcha yomonliklarimga yaxshilik bilan javob qaytarmoqdasiz. Men ,albatta, o’zgaraman.O’zgaraman!
    Muhojir shunday deya baqirib hovlimizdan otilib chiqib ketdi…
    Mana,ushbu voqeadan so’ng ikki yil ham o’tdi.Daraxtimiz haligacha gullaydi.Muhojirning esa endi yaxshigina ishi va guldek oilasi bor. Ayniqsa, uning jajji qizi – Anora rosa sho’x.Ha aytgancha,biz endi uni barchaga saxiylik qilgani uchun Saxiyboy deya chaqiramiz.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan