8 ”v” sinf rahbari Ahmedov Ahad tashabbuslari bilan 8 «v»sinf o’quvchilari Olimpiya shon-shuhrati muzeyiga tashrif buyurishdi.O‘quvchi yoshlarimiz muzeyda 11 mingdan ziyod eksponatlar bilan tanishishdi.Turli buyumlar, ashyolar, rasmlar, yorlikdar va musobaqalarning gʻoliblariga berilgan kuboklar, medallar, nishonlar AQSH, Ispaniya, Shveysariya va boshqa xorijiy davlatlardan olib kelinganligi.Muzeyning 2 qavatida Olimpiada oʻyinlari oʻtkazilgan yillar xronologik tarzda berilganligi, ularda ishtirok etgan oʻzbekistonlik sportchilarning kiyimlari, asbob-anjomlari, suratlari, mukofotlari bilan tanishishdi.Muzeyga sayohat o‘quvchi yoshlarimiz uchun har tomonlama juda foydali bo‘ldi va o‘zlari qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

8 ”v” sinf o‘quvchilari sinf rahbari Ahmedov Ahad boshchiligida»Xon atlas»milliy festivaliga dars mashg‘ulotlaridan bo‘sh vaqtda “Navro’z bog‘ig‘i”ga tashrif buyurishdi. Milliy liboslarimizda xalqimizning asrlarga tutash bo’lgan o’tmishi, urf-oddati va an’analari, didi, estetik qarashlari, o’ziga xos xususiyatlari mujassamligi haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi. Hunarmadlarimizning turli xil kulolchilik buyumlari bilan tanishishdi. Kulolchilik buyumlariga bezakning mahobatli oydinligi va soddalik xosligini ko‘rib kulolchilik hunarmandlariga qiziqishlari yanada oshdi. «Xon atlas» festivali ko‘tarinki kayfiyatda o’tdi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan