Shu kunlarda, dars mashg`ulotlaridan bo`sh vaqtda 9 ”a” sinf o‘quvchilari sinf rahbari Nazarov Elyor boshchiligida „Yangi Oʻzbekiston“ bogʻi — Oʻzbekistonning eng yirik va koʻlamdor madaniyat va istirohat bogʻlaridan birida bo‘lishdi. Bogʻning markaziy qismida joylashgan muhtasham badiiy obida – Mustaqillik monumenti bilan tanishishdi. Mustaqillik monumentida el-yurtimiz oʻzining qadimiy oʻtmishi davomida shonli voqealarni, turli sinov va qiyinchiliklarni, zafarli davrlar bilan birga, fojiali kunlarni ham boshidan kechirganligi aks ettirilgan.Bu kabi sayohatlar yoshlarimiz uchun har tomonlama juda foydali va shu asnoda 9 «a» sinf o’quvchilari ham o`zlari uchun ko`p qiziqarli ma’lumotlar olib, hordiq chiqarishdi.