TIQXMMI MTU huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabimizning bir shiori bor. Sog‘lom turmush tarzi, bu — har qanday kasalliklar profilaktikasi va salomatlik, kuch-quvvat garovidir. Sog‘lom turmush tarzining yana bir muhim qoidasi — yorqin va ijobiy kayfiyat! Hayotdan ko‘proq zavq olish, muvaffaqiyatsizlik, omadsizliklarga ko‘p e’tibor qaratmaslik, doimo olg‘a intilish uchun kuch topa bilish va odamlarga nisbatan g‘araz, gina-kudurat, yomon gumonlar saqlab yurmaslik, kechirimli, bag‘rikeng bo‘lish. Shuning uchun ham maktabimizda har kun ertalab sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilgan holda badan tarbiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.