🌐 Kanalimizda maktabimizning eng namunali, har tomonlama yetuk o`quvchilarimiz, sinf sardorlarimiz haqidagi ✅»BIZNING FAXRIMIZ’✅ nomli rubrikalarni davom etamiz. Marhamat bizning navbatdagi faxrli o`quvchilarimiz 8-sinf o`quvchilarimizdir. 1 yil davomida astoyidil munosib sardor bo`lishga harakat qilib kelayotgan o`quvchilarimizga omad tilab qolamiz!

🇺🇿Men Mirmahmudov Fayzulloh Farruh o‘g‘li, 8-“A” sinfning sardoriman. Men IT sohasiga qiziqaman. Dasturlash bo‘yicha FRONTEND va PYTHON yo‘nalishlarida ta’lim olib, malaka sertifikatlarini qo‘lga kiritganman. Dasturlashga oid bilimlarimni yanada oshirish uchun matematika, fizika va informatika kabi aniq fanlarni chuqurroq o‘rganishni maqsad qilganman. Qiziqishlarim faqat bu bilan cheklanmaydi. Turli boshqotirmalar va ularning yechimini topishga qiziqaman. Jumladan, “Rubik kubiki” boshqotirmasini terishning 30 ga yaqin turini o‘zlashtirganman. Hozirda kubiklarning 50 ga yaqin turidan iborat shaxsiy kolleksiyam ham mavjud.
7-sinfdan buyon sinfga sardorlik qilaman. Sinfdoshlarimning tartibli va intizomli bo‘lishlariga, shuningdek, jamoat ishlarida faol qatnashishga hissa qo‘shishga intilaman. Bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashimiz va birgalikda yangi tajribalarni orttirish orqali, do‘stlarimning shaxsiy o‘sishiga hissa qo‘shish,sinfimizdagi barcha o‘quvchilarning jipslashishiga erishish mumkin degan fikrdaman.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan