🌐 Maktabimizning yana bir faxrli o’quvchisi- Nurbekov Odilbek! Bu o’quvchimiz sinf sardori sifatida 4 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda✅. Odilbek sinfdoshlari va maktabdoshlari orasida chuqur hurmatga sazovor bo’lib, uning fikri katta ahamiyatga egadir! Ota-onasiga ming rahmat!
Marhamat yana bir maktabimiz faxri bilan tanishing☺️

Men Nurbekov Odilbek Jamshid o’g’li 10-“B” sinfning sardoriman.Men aniq fanlarga juda qiziqaman, jumladan matematika va fizika, ingliz tili esa men uchun mukammal biladigan chet el tiliga aylanib qoldi, lekin qolgan fanlarni ham tashlab qo’ymasdan maktabimizda o’qib kelaman.Sport turlariga keladigan bo’lsak, futbol o’ynab turaman va voleybolga ham qiziqishim bor.Sinfimda 7-sinfdan beri sinf sardorlik qilib kelaman va munosib sinf sardori bo’lib kelmoqdaman degan umiddaman. Sinfdoshlarimni nafaqat bilimli, balki tartibli va o’zaro ahil bo’lishlari uchun ham harakat qilib kelmoqdaman.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan