✅ 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi qabul qilingan kun. Shu munosabati bilan bugun maktabimizda dars jarayonlarida tarix fani o’qituvchisi Nashvanov Xusan O’zbekiston Republikasi Davlat Madhiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan o’quvchi yoshlarga tushinchalar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasining «Oʻzbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi qonuni va Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalanganligi, unda mardonavor hamda sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana-qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
![](https://nru-school.uz/wp-content/uploads/2025/01/photo_2025-01-22_10-19-44-1024x462.jpg)