🎊Bugun erta tongdan maktabimizda Vatan himoyachilarini madh etuvchi kuy- qo’shiq sadolari yangradi. Maktabimiz ayol o’qituvchilari hamda o’quvchi qizlari tomonidan bayramona kutib olinib, chiroyli bayram tilaklari, ezgu niyatlar izhor qilindi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. 8 va 9-sinf jamoalari o’rtasida «Balli yigitlar» musobaqasi o’tkazildi. 9-sinf jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi.Tadbirimizda O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi moddiy- texnik ta’minot bo’lim boshlig’i podpolkovnik Davlatov Aziz hamda Markaziy devon qoshidagi O’zbekiston veteran jangchi faxriylari birlashmasi direktori Tillaxo’jayev Bobur ishtirok etishdi. 🎇Yurtimiz posbonlari, Vatanimiz himoyachilari, jasur va mard o’g’lonlar bayramingiz muborak bo’lsin!
![](https://nru-school.uz/wp-content/uploads/2025/01/photo_2025-01-22_10-53-26-576x1024.jpg)