
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-son hamda “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarorlari ijrosini ta’minlanmoqda.
Fan olimpiadalari markazining 2024-2025-o‘quv yilida o‘tkazilgan
nufuzli, hamda mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda mamlakatimiz o‘quvchi yoshlarining yuqori natijalar qayd etgani Xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ularning
o‘qituvchilari hamda terma jamoa rahbarlarini tantanali taqdirlash tadbiri 2025-yil 15-dekabr kuni “Hilton Tashkent City” mehmonxonasi faollar zalida yuqori saviyada tashkil etildi.
⚡️Tadbirda Parij shahrida fizika fanidan bolib otgan nufuzli xalqaro olimpiadada faxrli bronza medali 🥉sohibi TIQXMMI MTU huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabimizning 11-«A» sinf oquvchisi Uroqov Elbek va uning ustozi-maktabimizning faxriy fizika fani oqituvchisi Nazarov Elyor munosib taqdirlandilar!

