🌍 10-15-yanvar kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida matematika, fizika va informatika fanlaridan 22-Xalqaro Jautikov olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. (https://t.me/Fan_olimpiadalari_M/8357)
👥Dunyoning 15 mamlakatidan 700 dan ortiq o‘quvchi ishtirok etgan ushbu olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi oʻz tarixidagi REKORD NATIJAGA erishdi:
🥇 3 ta oltin, 🥈8 ta kumush, 🥉9 ta bronza — jami 20 ta medal!
G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:
➡️ FIZIKA (https://sites.google.com/view/izho-2026-ph/%D0%B3%D0%BB%D0%B0%D0%B2%D0%BD%D0%B0%D1%8F-%D1%81%D1%82%D1%80%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D1%86%D0%B0).
📢Ma’lumot uchun:
Xalqaro darajada o‘tkazilayotgan ushbu olimpiadada fizika fanidan Terma jamoamiz a’zosi TIQXMMI MTU huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabning 11-«A» sinf o`quvchisi Elbek Uroqov 🥇ILK OLTIN MEDALINI qoʻlga kiritdi.
TIQXMMI MTU huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabning 10-«A» sinf oquvchisi Jumanazarov Asilbek 🥉BRONZA MEDALINI qolga kiritdi
❗️ Eslatma: O‘zbekiston terma jamoasi 2025-yilgi 21-Xalqaro Jautikov Olimpiadasida jami 19 ta medal qo‘lga kiritgan edi. (https://t.me/Fan_olimpiadalari_M/5404)
Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
Ilm — taraqqiyot va yuksalish kalitidir. Har bir yutuq — yorqin kelajak sari qo‘yilgan mustahkam qadamdir.


