🌐 Kanalimizda maktabimizning eng namunali, har tomonlama yetuk o`quvchilarimiz, sinf sardorlarimiz haqidagi ✅»BIZNING FAXRIMIZ’✅ nomli rubrikalarni davom etamiz. Marhamat bizning navbatdagi faxrli o`quvchilarimiz 8-sinf o`quvchilarimizdir. 1 yil davomida astoyidil munosib sardor bo`lishga harakat qilib kelayotgan o`quvchilarimizga omad tilab qolamiz!
🇺🇿Men Mirmahmudov Fayzulloh Farruh o‘g‘li, 8-“A” sinfning sardoriman. Men IT sohasiga qiziqaman. Dasturlash bo‘yicha FRONTEND va PYTHON yo‘nalishlarida ta’lim olib, malaka sertifikatlarini qo‘lga kiritganman. Dasturlashga oid bilimlarimni yanada oshirish uchun matematika, fizika va informatika kabi aniq fanlarni chuqurroq o‘rganishni maqsad qilganman. Qiziqishlarim faqat bu bilan cheklanmaydi. Turli boshqotirmalar va ularning yechimini topishga qiziqaman. Jumladan, “Rubik …
