20- dekabr kuni maktabimizda 7-8- sinf o’quvchilari o’rtasidan ingliz tili fanidan “Spelling bee” musobaqasi o’tkazildi.

Musobaqada o’quvchilarning so’z boyligi, so’zlarning aytilishi va yozilishidagi harflarning to’g’ri talaffuz qilish salohiyati sinab ko’rildi. Barcha o’quvchilar musobaqada qiziqish va faollik bilan ishtirok etishdi. Bellashuv yakuniga qadar mag’lub bo’lmasdan so’zlarning harflarini to’g’ri topib kelgan qatnashchilar g’alaba qozonishdi. Yakuniy natijaga ko’ra:
1-o’rin 7-“v” sinf o’quvchisi Axmetov Odil
2- o’rin 8-“v” sinf o’quvchisi Bahodirova Kamola
3- o’rin 8-“v” sinf o’quvchisi Rajabov Afzal
Tadbir so’ngida g’olib bo’lgan o’quvchilar esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan