🇺🇿Bugun davlatimizning bosh qomusi— O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sana munosabati bilan maktabimizda tadbir bo’lib o’tdi.

Bu muhim sana nafaqat qonuniylik va adolat timsoli, balki xalqimizning erkinligi, huquqi va kelajakka bo‘lgan ishonchining ifodasidir.
Tadbir davomida
✨ Konstitutsiyamiz ahamiyati, undagi inson huquqlari, erkinliklar va burchlar haqida fikr almashindi.
✨Yoshlarimiz uchun huquqiy savodxonlikni oshiruvchi qiziqarli ma’lumotlar ham taqdim etildi.
✨ Yoshlar o‘rtasida huquqiy bilimlar tanlovi tashkil etildi.

Keling, barchamiz Konstitutsiyaga hurmat, qonunga itoat va yurt ravnaqi uchun mas’uliyatni o‘zimizdan boshlaylik!

🤝 Birlikda — kuchmiz, qonun bilan esa— mustahkam!

KonstitutsiyaKuni #Huquq #Adolat #O‘zbekiston

https://youtube.com/shorts/UHrEYJORLmQ

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan