🏛 «TIQXMMI» MTU madaniyat saroyida 10-fevral kuni «TIQXMMI» MTU huzuridagi aniq fanlarga iqtisoslashtirilgan maktabning “Navoiy qalblarda mangu barhayot” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir boshida «TIQXMMI» MTUning o’quv ishlari bo’yicha prorektori Xudayarov Baxtiyar Alimovich so‘zga chiqib, Alisher Navoiyning o‘zbek adabiyoti va milliy ma’naviyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni, uning boy ilmiy va ijodiy merosining ahamiyati haqida fikr bildirib,»Buyuk ajdodlarning buyuk vorislari» bo`lmish, asosiy fan olimpiadalarida faxrli o’rinlar egallagan maktab o’quvchilarini va ularning ota-onalarini tantanali ravishda faxriy yorliqlar bilan taqdirladilar.
🎼Tadbir mehmonlari:
✅ O’zbekiston davlat drama teatri aktyori Sufiyev Shukurullo
✅ Jonli ijro sohibi Suxrob Hamdamov
Tadbir davomida maktab o`quvchilari tomonidan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Jozibador raqslar esa barchani hushnud etdi.
✅Mazkur tadbir buyuk mutafakkir merosini keng targ‘ib etish, yoshlar qalbida milliy o‘zlik, yuksak ma’naviy qadriyatlar va mumtoz adabiyotga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


















