SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUDINING 690 YILLIGI KENG NISHONLANMOQDA!

Kuch — adolatdadir!” — bu ulug‘vor g‘oyani davlatchilik asosiga qo‘ygan buyuk sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi bobomiz Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.
📣Shu munosabat bilan «TIQXMMI» MTU huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabida Amir Temur va Temuriylar sulolasi hayotiga bag’ishlangan haftalik e’lon qilindi. Haftalik davomida ko’rik tanlovlar, ochiq darslar o’tkazildi va “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ga tashrif buyurildi.

🇺🇿“Millatimiz faxri bo‘lgan Amir Temur siymosini o‘rganish va uning merosini asrab-avaylash har birimizning burchimizdir.”

👍👍👍
Tarixini bilgan yoshlar — kelajakning mustahkam poydevoridir!
Buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganish, ulardan ibrat olish va bu qadriyatlarni avloddan avlodga yetkazish — bugungi yoshlarning eng muhim vazifalaridan biridir.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan