Universitet qoshidagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi. Ekskursiyani universitet xodimi Ezoz Ozodov olib bordi.
Ekskursiya davomida o‘quvchilar universitet tarixi, asosiy yo‘nalishlari va zamonaviy imkoniyatlari bilan tanishdilar. Ularga matematika, fizika, muhandislik, raqamli texnologiyalar, robototexnika va aerokosmik yo‘nalishlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, IT markaz, raqamlashtirilgan kutubxona, amaliy mashg‘ulotlar bokslar hamda universitet muzeylari namoyish etildi. O‘quvchilar zamonaviy ta’lim muhiti, ilmiy-tadqiqot ishlari va startap loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.







