🔰 Ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Boyliyeva Umida tomonidan maktabimiz o‘quvchilari o‘rtasida Normurod Norqobilovning “Oq bo’yin” qissasini rasm yoritib berish bo‘yicha rasmlar tanlovi e’lon qilingan edi.Rasmlar tanlovida 7-a sinf o‘quvchisi ✨Atxamova Solihabonu g‘olib bo’ldi va ustoz tomonidan sovg‘a bilan taqdirlandi.
💫 O’quvchi-qizimiz bilan ota-onajonisi doim faxrlanib yurishsin!
8 ”v” sinf rahbari Ahmedov Ahad tashabbuslari bilan 8 «v»sinf o’quvchilari Olimpiya shon-shuhrati muzeyiga tashrif buyurishdi.O‘quvchi yoshlarimiz muzeyda 11 mingdan ziyod eksponatlar bilan tanishishdi.Turli buyumlar, ashyolar, rasmlar, yorlikdar va musobaqalarning gʻoliblariga berilgan kuboklar, medallar, nishonlar AQSH, Ispaniya, Shveysariya va boshqa xorijiy davlatlardan olib kelinganligi.Muzeyning 2 qavatida Olimpiada oʻyinlari oʻtkazilgan yillar xronologik tarzda berilganligi, ularda ishtirok etgan oʻzbekistonlik sportchilarning kiyimlari, asbob-anjomlari, suratlari, mukofotlari bilan tanishishdi.Muzeyga sayohat o‘quvchi yoshlarimiz uchun har tomonlama juda foydali bo‘ldi va o‘zlari qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
8 ”v” sinf o‘quvchilari sinf rahbari Ahmedov Ahad boshchiligida»Xon atlas»milliy festivaliga dars mashg‘ulotlaridan bo‘sh vaqtda “Navro’z bog‘ig‘i”ga tashrif buyurishdi. Milliy liboslarimizda xalqimizning asrlarga tutash bo’lgan o’tmishi, urf-oddati va an’analari, didi, estetik qarashlari, o’ziga xos xususiyatlari mujassamligi haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi. Hunarmadlarimizning turli xil kulolchilik buyumlari bilan tanishishdi. Kulolchilik buyumlariga bezakning mahobatli oydinligi va soddalik xosligini …
🔰 Amerikalik mashhur yozuvchilardan biri Ernest Heminguey : “Badiiy asarning yozilgan qismidan yozilmagani muhimroq “, – degan edi. “ TIQXMMI”MTU huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabning “Men –ijodkor o’quvchiman” shiori ostida o’tkazilgan tanlovda 7-“V” sinf o’quvchisi 🪸 Toshtemirova Aslzoda Murodulla qizi 7-sinf o’quvchilari orasida o’zining ijodkorlik qobiliyatini, yuksak salohiyatini namoyon qila oldi. Aslzoda ✅ Shodiqul Hamroning “Hovlidagi daraxt” hikoyasini o’qib, hikoyaning davomini yozdi.
Ushbu hikoyaning davomini e’tiboringizga havola qilamiz👇, umid qilamizki qizalog`imiz qalamiga mansub ushbu hikoyaning davomi hech kimni befarq qoldirmaydi. «Hovlidagi daraxt” Ushbu hodisadan keyin biz daraxtni juda ham qattiq qo’riqlay boshladik.U bir hafta deganda asta-sekin o’ziga kela boshlagan edi. Roppa-rossa ikki haftadan keyin u gullab-yashnay boshladi.Barchamiz xursand edik,ammo otam na xursand bo’lishni,va na xafa bo’lishni bilar …
⭐️ Мактабимизнинг 11-“Б” синф ўқувчиси Рустамова Азиза Америка қўшма штатларида 🇺🇸ўқишни давом эттириш учун юборилганлиги ҳақида каналимизда маълумот берган эдик.
Ҳозирги кунда Азиза Woodland Park High School номли мактабнинг 12-синф ўқувчиси сифатида таҳсил олмоқда.Аниқ фанларга ихтисослаштирилган мактабимизда устозларимиз математика ва физика фанларига қизиқишини оширишганлиги сабабли у ерда инженерлик йўналишини танлаган. Азиза у мактабда олий математика, физикани ўқишни давом эттиряпти. 🔰 Ўқиш қийинчилик туғдирмаётганлиги жуда биз учун қувонарли, чунки билимли қизимиз яхши натижалар кўрсатиб Ўзбекистон ёшларини …