9-aprel dunyoga mashhur jahongir, Xilda Xukxem taʼbiri bilan aytganda “Yetti iqlim hukmdori”, sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun!
Amir Temur – dunyoda tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, Oʻrta asrlarning eng mashhur afsonaviy qoʻmondoni, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining bosh boʻgʻini, kuchli strateteg va siyosatchi, hayotida davomida biror marta boʻlsa ham raqibga yengilmagan buyuk inson.