9-aprel buyuk sarkarda Amir Temurning tug’ilgan kuni

Ulug’ sarkarda sohibqiron Amir Temur davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilmu fan, san’at va me’morchilikka oid qarashlari va amallari bilan dunyoga mashhur hamda buyuk davlat asoschisidir.
Sohibqiron tavallud topgan kun 9-aprel mamlakatimizda har yili ko’tarinki ruhda keng nishonlanadi.
♻️ «TIQXMMI» MTU huzuridagi AFIM o’quvchilari ishtirokida ulug’ sarkarda Sohibqiron Amir Temur bobomiz tavalludining 687 yilligiga bag’ishlangan tadbiri katta xursandchilik bilan o’tkazildi.
⚜️ O’quvchilar tomonidan Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar berildi, she”rlar o”qildi, hamda sahna ko’rinishi namoyish etildi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan