Suvni birgalikda asraylik

💦 «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabda Universitetimiz bilan hamkorlikda “Suvni birgalikda asraylik” shiori ostida targ‘ibot haftaligi o‘tkazilmoqda. Haftalik davomida “Toza ichimlik suvi – Yer sayyorasida insoniyat kun ko‘rishi uchun eng muhim va zarur manbalardan biri” goyasi bilan tadbir otkazildi, tadbirda insoniyatni oldida turgan dolzarb mavzu kotarildi va oquvchilar bilan suhbat otkazildi. Bundan tashqari haftalik mobaynida «Suvni tejaymiz» shiori ostida insholar korik tanlovi o‘tkazish, maktab o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish, bir o‘quvchiga suv sarfini hisoblash, maktab suv manbalari sardobalarining xizmat ko‘rsatish qobiliyatini kuzatib borish va uyda suvni tejash konikmalarini hosil qilish kabi maqsadlar oldinga qo`yildi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan