Men, Murodov Kamron Jasur o’g’li, 9- «B» sinfning sardoriman. Aniq fanlarga qiziqishim tufayli ushbu maktabda tahsil olyapman. Men fizika va matematika fanlarini juda yaxshi ko’raman va bu borada ustozlarim ko’magiga tayanaman. Roboto texnikaga ham qiziqishim bor. Sport mashg’ulotlari tanani chiniqtiradi hamda sog’lom turmush tarzining asosiy qoidasidir. Shunga amal qilgan holda bo’sh vaqtimda futbol va karate bilan shug’ullanaman. Bundan tashqari, men matematika va fizika sohasida kuchli bilimim bilan kelajakda injener bo’lmoqchiman. Bu borada menga ustozlarim yordam berishmoqda. Men sinfimga munosib sardorman degan umiddaman. Sinfdoshlarim ahil-inoq va maktab faxri bolishlari uchun qolimdan kelganicha harakat qilaman.