Asosiy fan olimpiadasida umumta’im maktablari, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar hamda akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Bunda bizning maktabimiz qahramonlari:
10 sinf o‘quvchisi O‘roqov Elbek, Fizika fanidan 1- o‘rin
11 sinf o‘quvchisi Sodiqova Zilola, Ona tili va adabiyot fanidan 1- o‘rin
11 sinf o‘quvchisi Egamov Muhammad, Fizika fanidan 2- o‘rin
9 sinf o‘quvchisi Sodiqova E’zoza, Ona tili va adabiyot fanidan faxrli 3- o‘rinni olishdi.
III bosqich g‘oliblari uchun: 1-o‘rin 2 200 000 (ikki mln. ikki yuz ming) so‘m, 2-o‘rin 1 500 000 (bir mln. besh yuz ming) so‘m, 3-o‘rin 1 100 000 (bir mln. bir yuz ming) so‘m bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Barcha o‘quvchilarimizga Respublika hamda xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalariga nomzodlarni saralash bosqichlarida ham zafarlar tilab qolamiz! Maktabimiz sizlar bilan doim faxrlanadi!