Joriy yilning 28-fevral kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i tomonidan “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari bilan korrupsiyaviy xavf-xatarlar, ularni keltirib chiqaruvchi omillar va shu kabi holatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida “Korrupsiyasiz ta’lim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatini universitetning maktab direktori Kubyashev Kurash Egamovich kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Gapparov Akbar Umirovich o‘qituvchilarga ta’lim jarayonidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar, ularni keltirib chiqaruvchi omillar va shu kabi holatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida tegishlicha ma’lumot berib o‘tdi.
Davra suhbatida maktabning 30 (o‘ttiz) ga yaqin malakali ustozlari ishtirok etishdi.
Suhbat jarayonida davlatimizda olib borilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar va korrupsiyaviy holatlarni aynan keltirib chiqaruvchi omillarga alohida to‘xtalib o‘tildi.