Turkmaniston Xushxabar! OMOUS-2026 Olimpiadasida matematiklar zafar quchishdi!

2026-yil 23-28 mart kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxabod shahrida VI-Ochiq Xalqaro Matematika fan olimpiadasi (OMOUS-20226) bo’lib o’tdi.

Mazkur nufuzli olimpiadada jahonning 10 davlati O‘zbekiston, Turkmaniston, Hindiston, Eron, Indoneziya, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Germaniya va Fransiyadan jami 51 ta OTMlaridan 640 nafar ishtirokchi qatnashdi. Universitetimiz sharafini himoya qilgan talabalarimiz ushbu xalqaro olimpiadada B kategoriyasi bo‘yicha individual yo‘nalishda 🥇 2 ta oltin, 🥈1 ta kumush va 🥉 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdilar. Shuningdek, B kategoriya bo’yicha jamoaviy yo’nalishda kuchli uchlikda kirib 🥉bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

«TIQXMMI» MTU huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirgan maktabni bitirib, hozirgi kunda «TIQXMMI» MTU ning 2-kurs talabasi bolib tahsil olayotgan oquvchimiz Sattorov Ulugbek universitetimiz sharafini yuksaklarga kotarib Xalqaro Matematika fan olimpiadasida munosib ishtirok etgani biz maktab jamoasi uchun juda quvonchli xabar!

🌐 Ishonamizki maktabimizning barcha bitiruvchilari jahonning keng ilm maydonlarida oz bilimlarini korsatib, o`zbek elining buyuk ajdodlarining buyuk vorislari ekanliklarini namoyon qilishadi!

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan