📍Joriy yilning 4-oktabr kuni “Manaviyat ulashib” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo’lib o’tdi.Uchrashuvda Gulbaxor Said G’ani O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.O‘zbekiston yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmalari a’zosi, Suhsob Ziyo Yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoir,TIQXMMI MTU ma’naviyat-ma’rifat bo’limi boshlig‘i Norimov Sarvar Elmurodovich qatnashdilar.
Gulbaxor Said G‘ani kitob–buyuk mo’jiza, ziyo chashmasi.Unga hamroh bolgan inson faqat va faqat odamiylik saboqlarini o‘rganadi deb taʼkidladi.
Suhbat davomida Suhrob Ziyo adabiyot olamining rivojlanishiga ulkan xissa qo‘shgan buyuk siymolarimiz bo‘lmish Аlisher Navoiy,Zahiriddin Muxammad Boburlarlarning hayoti va falsafiy ijodlari misolida so‘z yuritib, asarlarning maʼno-mazmuni, insonning kamol topishi to‘g‘risida qimmatli maslahatlar olishimiz mumkinligi to‘g‘risida so‘z yuritdilar.
Uchrashuv ko’tarinki kayfiyatda o’tdi va o’quvchilar qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan