8- oktabr kuni 7”v” sinf o‘quvchilari madaniy hordiq olish maqsadida sinf rahbari Yarbekova Shaxnoza boshchiligida Magic City ko’ngilochar bog‘idagi «Magic aquarium» suv osti jonzotlari muzeyiga dars mashg‘ulotlaridan bo‘sh vaqtda tashrif buyurishdi.Suv osti dunyosining sirlari o‘quvchilarni o’ziga jalb qildi.Sayyoramiz yuzasining yetmish foizdan ko‘prog‘i suv bilan qoplangani va umurtqali hayvonlarning yarmidan ko‘pi suvda yashashini bilishdi.O’quvchilar okeanga to’liq sho’ng’ishni his qilishdi va yoqimli dam olishdi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan