Ustozlar bayrami!!!

Ustoz! Naqadar buyuk so`z, har bir soha mutaxassisining, kasb egasining o`z ustozi bo`ladi. Ustoz deganda barchamizning ko`z oldimizga maktabga chiqqan ilk kunlarimizda, ustozimizning qo`limizdan ushlab harf yozishni o`rgatgani keladi. Aslida esa ustoz bizga bilim beribgina qolmay, balki hayot yo`llarini qanday bosib o`tishni o`rgatuvchi, o`z farzandidan-da ortiqroq ko`ruvchi zotdir.Ularni qancha e’zozlasak shuncha kamdir.

“TIQXMMI” MTU huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabda 30-sentabr kuni erta tongdan bayram shukuhi hukm surdi. Maktab o`quvchilari Yoshlar Ittifoqi yetakchisi boshchiligida sinflar tomonidan tayyorlangan devoriy gazetalar, gullar va sharlar bilan bezatilgan maktab ostonasida barcha ustozlarni bayramona kayfiyatda kutib olishdi.

Shundan so`ng, maktabda an’anaviy bo`lganlaridan farq qilgan holda, bayramona ertalabki saflanish bo`lib o`tdi. Tadbirni olib borgan Yoshlar Ittifoqi yetakchi M. Usmonov tadbirni ochib berish uchun so`z navbatini maktab driektori K.E.Kubyashevga berdi. Barcha hamkasblarini samimiy qutlagan maktab rahbari har bir o`qituvchiga “TIQXMMI” MTU rektori B.S.Mirzayev tomonidan yo`llangan bayram tabrigini o`qib eshittirdi hamda maktab pedagog-xodimlariga qimmatbaho esdalik sovg`alarini topshirdi.

Tadbir navbati har bir sinf o`quvchilari tomonidan tayyorlangan bayram tabrigiga ulanib ketdi. 7A –sinf o`quvchilari boshlab bergan tabrikni 10B-sinf o`quvchilari nihoyasiga yetkazishdi. Shu bilan ixtisoslashtirilgan maktabda yana bir kungi dars mashg`ulolatlari boshlandi

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan