Fan oyligini o‘tkazishdan maqsad – dars va darsdan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlarni ta’lim tarbiyadagi ahamiyati, o‘quvchilarni mazkur fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, bilim samaradorligini ko‘tarish, hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari bilan doimo tanishib borish, o‘rganishga bo‘lgan intilishlarini o‘stirish, o‘qituvchi va o‘quvchining ijodiy hamkorligini targ‘ib etish, fan bo‘yicha o‘quv metodik ishlarini jonlantirish, o‘qituvchilar ijodiy faoliyatlarini kuchaytirish, izlanuvchan, ijodkor o‘qituvchilarni aniqlash, ularning tajribalarini o‘rganish va targ‘ibot qilish, ta’lim jarayonida qo‘llayotgan uslublarini takomillashtirishdan iboratdir.
Bu jarayonda faol qatnashish ishtiyoqida o‘qituvchilar o‘z ustida tinmay ishlab, biron-bir yangilik topish, bilim va ko‘nikmalarni boyitish, ilg‘or tajribalarni o‘z faoliyatiga tadbiq etish, qolaversa, fanning rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishga harakat qilmoqdalar.
Ixtisoslashtirilgan maktabdagi (matematika fizika va informatika fani) ga tegishli uslub birlashmaning yillik ish rejasida fan oyligi uchun mazkur fanlar yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan kunlik, haftalik tadbirlar belgilangan. Fan oyligining har bir haftasi uchun aniq bir yo‘nalish asosida tadbirlar rejalashtirildi.