Har yili oktabr — filologiya yo‘nalishidagi fanlar oyligi doirasida o‘quvchilar qalbiga milliy istiqlol va umumbashariy qadriyatlarga, shu jumladan, ona tilimizga mehr-muhabbat va hurmat, ona Vatanga sadoqat, millatlararo bag‘rikenglik kabi olijanob tuyg‘ularni jo etishga alohida e’tibor qaratiladi.
21-oktabr — O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan yurtimizning barcha hududlarida bayram tadbirlari o‘tkazildi.
Fanlar oyligi ham Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabida ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
O‘quvchilar ona tili va adabiyot fanlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini turli sahna ko‘rinishlari, “Bilimdonlar” musobaqasi, 7-sinf o‘quvchilari orasida “O‘z ona tilim bilan faxrlanaman” mavzusida she`rxonlik adabiy kechasi, 7-8-9-sinf o`quvchilari ishtirokida “Kimning xati chiroyli ’’ diktantlar tanlovi, barcha sinflar o‘rtasida adabiyot fanidan (o‘quvchilarning mualliflik she’rlari asosida ) “Ona tilim madh etay, seni” mushoira tadbiri o`tkazildi.
Fan oyligida fan o’qituvchisi tomonidan “Dars – muqaddas” shiori ostida ochiq darslar tashkil etildi. Jumladan, 7-a sinf o`quvchilari bilan Mirmuhsin qalamiga mansub “Me`mor” romani asosida slaydlar, interfaol usullar, multimedia vositalari va elektron darsliklardan foydalanib ochiq darslar o’tildi. “Xazinalar sandig’i”, “Zinama-zina” kabi interfaol usullardan foydalanib, ochiq dars o’tildi. Darsda o’quvchilar bilimi rag’bat kartochkalari asosida baholab borildi
Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Boyliyeva Umida tomonidan 9 -sinf o‘quvchilari bilan “Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot muzeyi” va “Qatag‘on qurbonlari” muzeylariga sayohatlar tashkil etildi.
Bundan tashqari fan oyligi doirasida barcha sinf o`quvchilari o`rtasida “Til — millatlararo muloqot vositasidir” , “Ona tilim- joni dilim” “Tilga ixtiyor, elga e`tibor” mavzusida devoriy gazetalar tanlovi o`tkazildi.
9-sinf o`quvchilar o`rtasida “G`ayri tilni bilish foydayi kondir” mavzusida taqdimotlar qilib, eng yaxshi ma’ruzachi o`quvchilar aniqlanib turli sovg`alar bilan taqdirlanishdi.
Fan oyligining oxirgi haftasida o’quvchilardan chiqish testlari olindi. Chiqish testi natijalari oldingi test natijalari bilan qiyoslandi va o’quvchilar bilim samaradorligi ko’rsatkichlarining oshganligi aniqlandi.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirdan lavhalar.